Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 8-son (2025) · 150–152-betlar
O‘ZBEKISTONDA AHOLI XONADONLARI TOMLARIGA O‘RNATILAYOTGAN QUYOSH PANELLARI AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISHDA MUHIM VOSITA
Raximov, Feruz
DOI: 10.70413/zdif-v04-i08-p1-030 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatlardan biri bo‘lib, uning energiya ehtiyojlari urbanizatsiya va iqtisodiy o‘sish tufayli doimiy ravishda oshib bormoqda. Mamlakatning energiya tizimi asosan tabiiy gazga tayanadi, bu esa ekologik va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning quyosh energiyasi salohiyati yuqori bo‘lib, yiliga o‘rtacha 300 quyoshli kun va 4.52 kVt-soat/m² kunlik global gorizontal nurlanish (GHI) mavjud (IEA - Solar Energy Policy). Quyosh panellari xonadonlarga o‘rnatilishi orqali nafaqat energiya xarajatlarini kamaytiradi, balki ortiqcha energiyani davlatga sotish orqali qo‘shimcha daromad keltiradi, bu esa kambag‘allikni kamaytirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqola quyosh panellarining iqtisodiy foydasini, kambag‘allikni kamaytirishdagi rolini va O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi ta’sirini tahlil qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.