Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 8-son (2025) · 163–165-betlar
AN`ANAVIY MADANIYATLARDA SIYOSIY YETAKCHILIK TABIATI
Mavlonova, Dilrabo
DOI: 10.5281/zenodo.15287047 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola an'anaviy madaniyatlarda siyosiy yetakchilikning tabiati va shakllanish jarayonlarini tahlil qiladi. An’anaviy madaniyatlarda siyosiy hayot urf-odatlar, diniy e’tiqodlar va ijtimoiy tuzilmalarga asoslangan bo‘lib, boshqaruv tizimlari odatda merosiylik, diniy yetakchilik yoki qabila boshqaruvi orqali shakllangan. Boshqaruvida asosan ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarga tayangan bu jamiyatlarda tajribali va dono keksa avlod vakillari alohida ahamiyat kasb etgan. Maqolada siyosiy yetakchilikning turli shakllari, xususan, patriarxal va teokratik tizimlar, shuningdek, qabila boshqaruvi va oqsoqollar kengashi kabi jamiyatda qarorlar qabul qilish usullari ko'rib chiqiladi.. Maqola an'anaviy siyosiy tizimlarning zamonaviy boshqaruvga ta'sirini o'rganadi va bu tizimlarning bugungi siyosiy jarayonlardagi ahamiyatini tahlil qiladi.
siyosiy yetakchilik, an'anaviy jamiyat, hokimiyat, madaniyat, qabila boshqaruvi, teokratiya, tarixiy tajriba.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.