Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 9-son (2025) · 11–14-betlar
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA O‘ZINI O‘ZI BAHOLASH TIZIMINI NAMOYON BO‘LISHI
Akmalova, Z.A.
DOI: 10.70413/zdif-v04-i09-p1-003 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ma’lumki, bolada ijobiy o‘z o‘ziga baho berishni shakllatirish uchun bola doimo mehr mavjud bo‘lgan muhitda katta bo‘lishi muhim, bunda beriladigan mehr bolaning ayni paytdagi holati, uning yaxshi yomonligiga (bugun u idishlarni yuvib qo‘ydimi yoki piyolani sindirib qo‘ydimi) bog‘liq bo‘lmaydi. Ota-onaning doimiy muhabbati bolaga o‘z qadr qimmatini his qilishiga yordam beradi, ammo doimiy muhabbat ota-onaning bola xulq-atvori xatti- xarakatlarini ob’ektiv baholashdan voz kechishni taqazo etmaydi. Tanbeh berilayotgan xatti-harakatni bolaning shaxsiga nisbatlash noto‘g‘ri, agar bola yolg‘on gapirsa, uni shu yolg‘on uchun jazolash mumkin, lekin uni yolg‘onchi deb atash mumkin emas. Ota-onaning o‘z farzandi haqidagi salbiy replikalari bolalarning ongiga singib qoladi va ularning o‘z o‘ziga baho berishini transformatsiyasiga olib keladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.