Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 9-son (2025) · 100–103-betlar

BADIIY ASARDAGI FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASI MUOMMOLARI TADQIQI

Xamrabayeva, Shirin

DOI: 10.5281/zenodo.15340003 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada badiiy asarlarda uchraydigan frazeologik birikmalarni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil etilgan. Muallif frazeologizmlarning milliy madaniyat va mentalitet bilan chambarchas bog‘liqligini, ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish natijasida ma’no buzilishi mumkinligini asoslab beradi. Maqolada frazeologik birliklarning turli tarjima usullari, xususan, ekvivalent, analog va tavsifiy tarjima metodlari misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, tarjimonning lingvokulturologik bilimlari va ijodiy yondashuvi bu jarayonda katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.

frazeologizm, tarjima muammosi, badiiy asar, ekvivalent tarjima, lingvokulturologiya, milliy rang, mentalitet, kontekstual moslik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.