Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 9-son (2025) · 108–109-betlar
QARINDOSHLIK KONSEPTINING LINGVOPRAGMATIK TASVIRI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI IFODA VOSITALARINING QIYOSIY TAHLILI
Uliqova, Mavudakhon
DOI: 10.70413/zdif-v04-i09-p1-027 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘n-qarindoshlik” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qarindoshlik atamalarining har ikki tildagi ifoda usullari, ularning diskursdagi vazifalari, madaniy konnotatsiyalari hamda kommunikativ funktsiyalari o‘rganiladi. Maqolada til va madaniyat o‘zaro ta’siri doirasida milliy tafakkur, ijtimoiy rol va urf-odatlarning qarindoshlik atamalariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, diskurs va nutqiy kontekstda bu birliklarning semantik va stilistik imkoniyatlari qiyosiy asosda tahlil qilinib, ularning ijtimoiy-madaniy qatlamlardagi roli ko‘rsatilgan. Tahlillar orqali har bir xalq tilida qarindoshlik konsepti qanday pragmatik yuklama bilan namoyon bo‘lishi asoslantiriladi.
qarindoshlik konsepti, lingvopragmatika, diskurs, nutq akti, madaniy konnotatsiya, ijtimoiy rol, til va madaniyat, o‘zbek tili, ingliz tili, qarindoshlik terminlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.