Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 9-son (2025) · 134–138-betlar
JARAYONLARNING BIRGALIKDA ISHLASHINI MUVOFIQLASHTIRISH (SINXRONLASHTIRISH) ALGORITMLARI: SEMAFOOR, MONITOR VA XABARLAR
Ro‘zaliyev, Sherzodjon, Qo‘chqorova, Gulrux
DOI: 10.5281/zenodo.15342362 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada operatsion tizimlar kontekstida bir nechta jarayonlarning o‘zaro uyg‘un va xavfsiz ishlashini ta’minlovchi asosiy sinxronlashtirish algoritmlari yoritilgan. Xususan, semafoor, monitor va xabarlar almashinuvi kabi konsepsiyalar tahlil qilinib, ularning nazariy asoslari, ishlash prinsiplari, afzalliklari va amaliy qo‘llanilish holatlari bayon etiladi. Har bir mexanizmning rolini tushuntirish orqali ularning dasturiy tizimlar samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan. Shuningdek, ushbu algoritmlarning zamonaviy dasturlash tillarida qo‘llanishiga misollar orqali yondashilgan. Ushbu maqola operatsion tizimlar, dasturlash va axborot xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar hamda talabalarga mo‘ljallangan.
sinxronlashtirish, jarayonlar, semafoor, monitor, xabarlar almashinuvi, kritik bo‘lak, operatsion tizim, resurslar boshqaruvi, dasturlash, ko‘pjarayonli muhit.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.