Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 9-son (2025) · 139–142-betlar

VEB-SAHIFA DIZAYNI YARATISH, SAHIFA TARKIBIDA QUYIDAGI KOMPONENTLARNI ANIQLASH, SHARTLAR, DASTURLASH QADAMLARINI TAVSIYA QILISH

Mamatkadirov, Maxammadali, Qo‘chqorova, Gulrux

DOI: 10.5281/zenodo.15342404 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezis ishida zamonaviy veb-sahifa dizayni yaratish jarayoni, uning asosiy tarkibiy qismlari, texnik shartlari va amaliy dasturlash bosqichlari chuqur tahlil qilinadi. Veb-dizayn faqat estetik ko‘rinish emas, balki foydalanuvchining sahifadagi xatti-harakatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan psixologik va funksional vosita sifatida yondashiladi. Ish davomida sahifaning sarlavha (header), asosiy kontent (main), yon panel (sidebar), pastki qism (footer) kabi muhim komponentlari va ularning vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, HTML5, CSS3, JavaScript kabi asosiy texnologiyalar, dizayn vositalari (Figma, Adobe XD) va hosting platformalari (Netlify, GitHub Pages) haqida amaliy tavsiyalar berilgan. Tezis orqali samarali veb-dizayn yaratish uchun nazariy va amaliy bilimlar asosida puxta yondashuv taklif etiladi.

veb-dizayn, foydalanuvchi interfeysi, UX, sahifa komponentlari, HTML, CSS, JavaScript, hosting.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.