Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 144–149-betlar

ADVOKATGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN INTIZOMIY JAZO SIFATIDA JARIMANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Qodiraliyev, Saddam

DOI: 10.5281/zenodo.19913608 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda advokatga nisbatan jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llashning huquqiy tabiati, zarurati va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Unda O‘zbekiston advokatura qonunchiligida advokatlarga nisbatan jarima tarzidagi intizomiy jazo mavjud emasligi, biroq amaldagi jazo choralari tizimida ogohlantirish bilan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish kabi og‘ir choralar o‘rtasida mutanosib ta’sir vositasiga ehtiyoj borligi asoslantirilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida jarima miqdorini belgilash, uni qo‘llash mezonlari va jarimadan tushadigan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi yuzasidan takliflar ilgari surilgan.

advokat; intizomiy javobgarlik; intizomiy jazo; jarima; advokatura; kasb etikasi; mutanosiblik; intizomiy ish yuritish; xorijiy tajriba.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.