Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 67–72-betlar

TURKISTON O‘LKASIDA PAXTACHILIK SIYOSATI

Xaydarov, I.M., Safarov, Elbek

DOI: 10.5281/zenodo.20096171 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Rossiya imperiyasining Turkistonda (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshi) olib borgan paxtachilik siyosati, uning tarixiy sabablari hamda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik oqibatlari yoritilgan. Maqolada Amerika fuqarolar urushidan keyin paxta xomashyosiga bo‘lgan talabning oshishi, mahalliy navlar o‘rniga Amerika navlarini kiritish, irrigatsiya tizimini kengaytirish, soliq imtiyozlari, temir yo‘llar qurilishi va bank tizimi orqali paxtachilikni rag‘batlantirish choralari tahlil qilingan. Shuningdek, paxta monokulturasi natijasida an’anaviy qishloq xo‘jaligining siqilishi, dehqonlarning moliyaviy qaramligi va mustamlakachilik siyosatining umumiy natijalari ko‘rib chiqilgan.

Rossiya imperiyasi, Turkiston, paxtachilik siyosati, mustamlakachilik, Amerika paxta navi, irrigatsiya, monokultura, Farg‘ona vodiysi, temir yo‘llar, iqtisodiy qaramlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.