Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 79–82-betlar

STABLECOINLARNING FUQAROLIK HUQUQLARI OBYEKTLARI TIZIMIDAGI O‘RNI

Raximov, Jaloliddin

DOI: 10.5281/zenodo.20118214 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda raqamli valyuta tushunchasining fuqarolik-huquqiy mohiyati hamda uning tarkibiy elementlari sifatida kriptovalyutalar, stablecoinlar va markaziy banklarning raqamli valyutalarining huquqiy tabiati kompleks tahlil qilinadi. Ishda raqamli aktivlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda mavjud normativ-huquqiy bazaning holati, shuningdek, yagona konseptual yondashuvning yo‘qligi natijasida yuzaga kelayotgan huquqiy noaniqliklar ochib beriladi. Tadqiqotda raqamli obyektlarning nomoddiy xususiyati, ularning mulkiy qiymatga egaligi, muomalada ishtirok etish qobiliyati hamda fuqarolik huquqi obyektlari sifatida tasniflanish imkoniyati asoslab beriladi. Xususan, stablecoinlarning pulga xos funksiyalarni bajarishi bilan birga, an’anaviy qonuniy to‘lov vositasi maqomiga ega emasligi ularning fuqarolik-huquqiy maqomini aniqlashda muhim nazariy va amaliy muammolarni yuzaga keltirishi ko‘rsatib o‘tiladi.

virtual aktivlar, obektlar, elektron va raqamli to‘lov vositalari, raqamli valyuta.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.