Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 156–161-betlar
MUSTAQILLIK YILLARIDA ANDIJON VILOYATI SHAHARLARINING TARAQQIYOTI
Abdimurodov, Jahongir, Safaraliyev, Abbosxon
DOI: 10.5281/zenodo.20179414 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Andijon viloyati shaharlarining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, sanoat, qurilish va urbanizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Viloyat shaharlarining rivojlanishi aholining o‘sishi, ishlab chiqarish tarmoqlarining kengayishi, xizmat ko‘rsatish sohasi, uy-joy qurilishi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va zamonaviy shaharsozlik loyihalari asosida yoritiladi. Maqolada Andijon shahri, Asaka, Shahrixon, Xonobod va “Yangi Andijon” loyihasining viloyat urbanistik taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Qurilish ishlari hajmining ortishi, ko‘p qavatli uy-joylar, “Yangi O‘zbekiston” massivlari va hududiy rivojlanish dasturlari shaharlar taraqqiyotining muhim omillari sifatida baholanadi.
Andijon viloyati, shaharlar taraqqiyoti, mustaqillik yillari, urbanizatsiya, qurilish, uy-joy, sanoat, infratuzilma, Yangi Andijon.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.