Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 165–170-betlar
O‘ZBEKISTONDA SUD QARORLARINI IJRO ETISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH ISTIQBOLLARI
Sattorov, Samandar, Soliyev, Dilshod
DOI: 10.5281/zenodo.20204822 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sud qarorlarini majburiy ijro etish tizimining amaldagi holati, mavjud muammolari hamda ularni bartaraf etish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida sud hokimiyati samaradorligini ta’minlashda hukmlarni ijro etish instituti hal qiluvchi bosqich ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, Majburiy ijro byurosi faoliyatidagi muammolar, davlat ijrochilarining yuqori ish yuklamasi, raqamlashtirish darajasining yetarli emasligi, ma’muriy sud qarorlarini ijro etishdagi qiyinchiliklar va mas’uliyat mexanizmlarining zaifligi ilmiy-huquqiy jihatdan yoritilgan. Maqolada Germaniya, Singapur, Fransiya va Estoniya kabi davlatlarning ilg‘or tajribasi qiyosiy-huquqiy tahlil asosida o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari sud qarorlarining samarali ijro etilishi sud hokimiyatining haqiqiy kuchi va fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini belgilovchi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Sud hokimiyati, sud qarorlarini ijro etish, Majburiy ijro byurosi, ijro hujjatlari, sud-huquq islohotlari, raqamlashtirish, E-ijro tizimi, ma’muriy sud qarorlari, davlat ijrochisi, qonun ustuvorligi, sud samaradorligi, xalqaro tajriba.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.