Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 22–24-betlar

INGLIZ VA QORAQALPOQ ERTAKLARIDA “YAXSHILIK” VA “YOMONLIK” KONTSEPTLARINING LINGVOMADANIY QIYOSIY TAHLILI

Trapova, Guliraʼno

DOI: 10.5281/zenodo.20269542 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va qoraqalpoq ertaklarida “yaxshilik” va “yomonlik” kontseptlarining lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu kontseptlarning mazmuni, ifodalanish usullari hamda ularning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Tahlil natijasida qoraqalpoq ertaklarida yaxshilik ko‘proq faol amaliy harakatlar orqali, ingliz ertaklarida esa ichki fazilatlar va sabr-toqat orqali namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Shuningdek, yomonlikning talqini va unga qarshi kurash usullari har ikki madaniyatda o‘ziga xos ekanligi asoslab beriladi. Maqolada ushbu farqlar orqali xalq dunyoqarashi va milliy qadriyatlarning o‘ziga xosligi ochib beriladi.

yaxshilik, yomonlik, ertak, lingvomadaniyat, qoraqalpoq ertaklari, ingliz ertaklari, do‘stlik, axloqiy qadriyatlar, qiyosiy tahlil, folklor

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.