Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 70–72-betlar
FOKSNING H-FUNKSIYASI QATNASHGAN KASR TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR YECHIMLARINI TADQIQ ETISHDA ELEMENTAR XOSSALARNING O‘RNI
Madrimova, Yulduz
DOI: 10.5281/zenodo.20340120 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ishda kasr tartibli differensial tenglamalar yechimlarining analitik ko‘rinishlarini tadqiq etishda Foks H-funksiyasining elementar va strukturaviy xossalaridan foydalanish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida olingan funksiyalarning parametrlar juftligi to‘plamidagi simmetrikligi hamda murakkablik darajasini va tartibini kamaytirish munosabatlari tahlil qilingan. Ko‘rsatilgan fundamental xossalar va Gamma-funksiyaning refleksiya formulasiga asoslangan munosabatlar yordamida, kasr tartibli differensial operatorlar qatnashgan integral almashtirishlar obrazlarini sezilarli darajada soddalashtirish imkoniyatlari asoslangan. Olingan natijalar matematik fizika va nostandart jarayonlarni modellashtirishda yuzaga keladigan kasr tartibli tenglamalarning fundamental yechimlarini sifat va asimptotik jihatdan mukammal tahlil qilishga zamin yaratadi.
Kasr tartibli differensial tenglamalar, Foks H-funksiyasi, elementar xossalar, tartibni kamaytirish formulalari, simmetriklik, asimptotik xulq-atvor, Gamma-funksiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.