Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 79–86-betlar

QONUN USTUVORLIGI NEGIZI: YURIDIK JAVOBGARLIK INSTITUTI VA UNING IJTIMOIY-HUQUQIY AHAMIYATI

Yo’ldosheva, Madinabonu

DOI: 10.5281/zenodo.20377047 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada yuridik javobgarlik tushunchasi, uning huquqiy mohiyati, turlari va oʻziga xos xususiyatlari ilmiy-huquqiy manbalar hamda qonunchilik hujjatlari asosida chuqur tahlil qilinadi. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan belgilangan huquq normalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan, huquqbuzarga nisbatan qo‘llaniladigan obyektiv majburlov chorasi sifatida keng talqin etiladi. Maqolada yuridik javobgarlikning asosiy turlari hisoblangan jinoiy, ma'muriy, fuqaroviy-huquqiy va intizomiy javobgarliklar yoritilib, ularning qo‘llanish mexanizmlari, huquqiy asoslari va amaliy ahamiyati batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yuridik javobgarlikning jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashdagi roli, uning adolat va qonuniylik prinsiplari asosida ishlash mexanizmlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida milliy qonunchilik va huquqiy adabiyotlar asosida xulosalar ishlab chiqilgan.

Yuridik javobgarlik, huquqbuzarlik, jinoiy javobgarlik, ma'muriy javobgarlik, fuqaroviy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, huquqiy majburlov, davlat majburlovi, qonun ustuvorligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.