Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 135–141-betlar

MA’LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISHDA ADVOKATLARNING HUQUQIY JAVOBGARLIGI

Yuldashev, Axmad

DOI: 10.5281/zenodo.20485030 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

ushbu maqolada advokatlarning ma’lumot bazalaridan foydalanish jarayoni tizimli va kompleks tarzda tahlil qilingan. Advokatlarning ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlashdagi majburiyatlari, ularning texnik savodxonlik darajasi, mutanosib va maqsadli foydalanish jarayonlar,  xalqaro amaliyot bilan xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Avstraliya, Fransiya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi umumiy standart va tajribalar orqali tizimli tarzda tushuntirib berilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, advokatlarning ma’lumot bazalaridan foydalanish jarayonida axborot xavfsizligini buzilishi va bunga sabab boʻluvchi omillar hamda advokatlarning boshqa tashkilot va tizimlardagi texnologik qulayliklarga ishonishi natijasida ma’lumotlarni xavfsizligini buzilishi ko’rsatdi. Maqolada raqamli texnologiyalarni sohaga kirib kelishi advokatlarning majburiyatlarini qayta koʻrib chiqishi kerakligi, qulayliklar yaratishi bilan bir qatorda ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash boʻyicha javobgarlik masalasi ham yoritib oʻtildi. Tadqiqot xulosalariga  koʻra sohaga sun’iy intellektning kirib kelishi raqamli javobgarlikni oshib borishi hamda soha vakillari yondashuvlarini takomillashtirish zarurligini ham koʻrsatdi.

Legal-Tech, ma’lumot bazalari, axborot xavfsizligi, raqamli javobgarlik, advokatlik faoliyati, huquqiy javobgarlik, shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi, professional ehtiyotkorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.