Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 11–13-betlar

ENASOY VA TALAS YODGORLIKLARI: QIYOSIY TAHLIL VA LINGVISTIK AHAMIYATI

Mo'minjonova, Hilola, Yuldasheva, Xadichabonu, Soliyeva, Xusnidaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20525337 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada qadimgi turk yozuv yodgorliklari jumlasiga kiruvchi Enasoy va Talas yodgorliklari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur yodgorliklarning geografik tarqalishi, yozuv tizimi, til xususiyatlari va tarixiy-madaniy ahamiyati o'rganiladi. Enasoy yodgorliklari Janubiy Sibir hududida, Talas yodgorliklari esa Qirg'iziston va Qozog'iston chegarasida joylashganligi sababli ular turli hududlarda qadimgi turk tilining qo'llanilish xususiyatlarini aks ettiradi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, ushbu ikki yodgorlik guruhi, garchi geografik jihatdan bir-biridan uzoqda bo'lsa-da, paleografik va lingvistik xususiyatlari jihatidan o'zaro yaqinligi mavjud. Maqolada yodgorliklarning janr va mazmun xususiyatlari, leksik hamda grammatik birliklar tahlil etiladi.

Enasoy yodgorliklari; Talas yodgorliklari; qadimgi turk yozuvi; run yozuvi; qiyosiy lingvistika; epigrafika; turk tili tarixi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.