Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 16–19-betlar

“GO‘RO‘G‘LI” DOSTONIDA URF-ODAT VA MAROSIMLARNING ETNOPOETIK XUSUSIYATLARI

Olimova, Sevara, Matkarimova, Nazokat

DOI: 10.5281/zenodo.20528037 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Tezisda “Go‘ro‘g‘li” dostonida urf-odat va marosimlarning etnopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tahlil markaziga doston matnida xalqning ijtimoiy hayoti, marosimiy tafakkuri, oilaviy munosabatlari, alpga xos rasm-rusumlari hamda e’tiqodiy qatlamining badiiy ifodalanish usullari qo‘yiladi. Etnopoetik yondashuv asosida urf-odat va marosimlar faqat etnografik detal sifatida emas, balki syujetni harakatga keltiruvchi, qahramon xarakterini ochuvchi va xalq dunyoqarashini poetik shaklda mujassamlashtiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Doston materialida tug‘ilish va yo‘rgaklash bilan bog‘liq e’tiqodiy tasavvurlar, nikoh oldi va nikoh marosimlari, qirq kunlik to‘y, duo-olqish, sovchilik, alp jamoasi sifatida “qirq yigit” instituti, mehmon kutish odobi hamda ramziy sonlar tizimi poetik mazmun kasb etishi ko‘rsatiladi. Natijada “Go‘ro‘g‘li” dostoni xalqning urf-odat va marosimlarini oddiy qayd etmaydi; ularni qahramonlik estetikasi, mifologik qatlam va ijtimoiy ideal bilan uyg‘un holda badiiy modelga aylantiradi, degan xulosaga kelinadi.   

Go‘ro‘g‘li, doston, etnopoetika, urf-odat, marosim, sovchilik, nikoh, duo-olqish, qirq yigit, xalq dunyoqarashi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.