Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 32–36-betlar
BOKS SPORT TURIDA JORIY REJALASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI
Mamatqulov, Xusanboy, Ikromov, Biloljon
DOI: 10.5281/zenodo.20539132 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada boks sport turida joriy (qisqa muddatli) rejalashtirishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda bokschilarning mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etishda mikrotsikl asosida rejalashtirish, yuklamalarni optimal taqsimlash hamda sportchining funksional holatini nazorat qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida qo‘llaniladigan vositalar, texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirish yo‘llari hamda individual yondashuvning o‘rni asoslab berilgan. Joriy rejalashtirishni ilmiy asosda tashkil etish sport natijalarining barqaror o‘sishini ta’minlashi va ortiqcha yuklanishning oldini olishi ko‘rsatib o‘tilgan.
boks, joriy rejalashtirish, mashg‘ulot jarayoni, mikrotsikl, yuklama, tiklanish, sport natijasi, individual yondashuv
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.