Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 14-son (2026) · 15–17-betlar
O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Djuravev, Farxod, Olimjonov, Ismoiljon
DOI: 10.5281/zenodo.20603755 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda inson huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari, ularning demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi o‘rni hamda amaliy kafolatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida e’tirof etib, davlat faoliyatining bosh mezonini inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘laydi. Tezisda konstitutsiyaviy normalarning mazmuni, inson huquqlarini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari asosida kafolatlash tamoyili, fuqarolarning qonun oldida tengligi, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar tizimi yoritiladi. Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilishda sud-huquq tizimi, Ombudsman instituti, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik nazoratining ahamiyati asoslab beriladi
inson huquqlari, Konstitutsiya, huquqiy davlat, erkinliklar, tenglik, qonun ustuvorligi, Ombudsman, sud-huquq islohoti, fuqarolik jamiyati, xalqaro standartlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.