Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 14-son (2026) · 18–20-betlar

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Badalbayeva, Irodaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20603858 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishning zamonaviy usullari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Bugungi globallashuv, raqamli transformatsiya, mehnat bozoridagi tezkor o‘zgarishlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi sharoitida yoshlarni ijtimoiy jarayonlarga ongli, tashabbuskor va mas’uliyatli subyekt sifatida jalb etish muhim vazifa hisoblanadi. Yoshlar faolligi faqat tadbirlarda qatnashish yoki tashkiliy ishlarni bajarish bilan cheklanmaydi; u ijtimoiy muammolarni anglash, jamoatchilik fikrini shakllantirish, volontyorlik, tadbirkorlik, innovatsion loyiha, ekologik madaniyat, mediamadaniyat, huquqiy savodxonlik va mahalla hayotida faol ishtirok etish kabi ko‘p qirrali faoliyatlar majmuasidir.

yoshlar, ijtimoiy faollik, davlat siyosati, fuqarolik jamiyati, raqamli platforma, volontyorlik, mahalla, liderlik, innovatsion loyiha, huquqiy madaniyat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.