Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 5-son (2026) · 82–84-betlar

O'ZBEKISTONDA KASBIY TA'LIM TIZIMIGA QO'YILGAN ILK QADAM

Qo'chqorov, Matkarimxo'ja

DOI: 10.5281/zenodo.18796506 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini shakllantirishga qo‘yilgan ilk qadamlar tarixiy va me’yoriy manbalar asosida tahlil qilinadi. Mustaqillikning dastlabki davrida kadrlar tayyorlash masalasi iqtisodiy islohotlar, mehnat bozori ehtiyojlari va uzluksiz ta’lim g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langan holda kun tartibiga chiqdi. 1997 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kasbiy ta’limni alohida bosqich sifatida huquqiy va tashkiliy jihatdan belgilab berdi, 1998 yildagi hukumat qarori esa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish hamda boshqarish mexanizmlarini amaliyotga tushirdi. Maqolada mazkur hujjatlar asosida tizimning maqsadlari, tuzilmasi, boshqaruv modeli, o‘quv dasturlarining mehnat bozoriga yo‘naltirilishi hamda keyingi modernizatsiya jarayonlari izohlanadi.

kasbiy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, uzluksiz ta’lim, me’yoriy-huquqiy asos, kadrlar tayyorlash, mehnat bozori.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.