Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 71–74-betlar

INGLIZ VA O‘ZBEK OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA MANIPULYATIV STRATEGIYALAR VA PRAGMATIK TA’SIR VOSITALARINING IFODALANISHI

Ashurov, Bobir

DOI: 10.5281/zenodo.20961751 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada ingliz va o‘zbek ommaviy axborot vositalarida manipulyativ strategiyalar hamda pragmatik ta’sir vositalarining ifodalanish xususiyatlari qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda media matnlar auditoriya ongiga bevosita emas, balki freyming, baholovchi leksika, metafora, presuppozitsiya, implikatura, ritorik savol va sarlavha strategiyalari orqali ta’sir ko‘rsatishi asoslanadi. Ingliz OAV materiallarida xavfsizlik, inqiroz, tanlov va raqobat freymlari ustuvor bo‘lsa, o‘zbek OAV matnlarida barqarorlik, taraqqiyot, xalq manfaati va ma’naviy birlik freymlari faol namoyon bo‘ladi. Natijalar manipulyativ ta’sir til, kontekst va madaniy xotira kesishmasida shakllanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqola media savodxonlikni oshirish, yashirin baholash usullarini aniqlash va siyosiy axborotni tanqidiy talqin qilish zaruratini bugungi sharoitda ilmiy asoslaydi ham.

manipulyativ strategiya, pragmatik ta’sir, ommaviy axborot vositalari, freyming, metafora, presuppozitsiya, lingvopragmatika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.