Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 79–84-betlar

“MALLA SAVDOGAR” DOSTONI VARIANTIDA MAQOLLARNI QO‘LLANILISHI

Achilova, Zuxra

DOI: 10.5281/zenodo.20963521 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada  baxshi Jo‘ra Eshmirza o‘g‘li kuylagan “Malla savdogar” dostoni tarkibida  qo‘llangan xalq maqollarining badiiy-estetik va ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Dostondagi “Qor yog‘di – iz bosildi”, “Bosh yorilsa – qalpoq tagida”, “Qo‘l sinsa – yeng ichida”, “Sulton suyagini xo‘rlamas, bedov ot chopib terlamas” kabi maqollar paremiologik birlik sifatida o‘rganilib, ularning mazmunida aks etgan vaqt va o‘zgarish, jamoaviy birdamlik, ijtimoiy mas’uliyat, ichki barqarorlik hamda qadr-qimmat konseptlari ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijasida maqollarning doston syujeti va obrazlar tizimidagi funksiyasi, xalq dunyoqarashi hamda milliy tafakkurni ifodalashdagi o‘rni aniqlanadi.

maqol, paremiologiya, folklor, xalq og‘zaki ijodi, doston, “Malla savdogar”, badiiy talqin, xalq tafakkuri, ijtimoiy-falsafiy mazmun, axloqiy qadriyatlar, milliy dunyoqarash, paremiologik birlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.