Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 20-son (2025) · 33–36-betlar
MATNLARNI AVTOMATIK SENTIMENT TAHLIL QILISHDA KONTEKSTGA BOG‘LIQ OMILLAR
Allanazarova, Saboxat
DOI: 10.5281/zenodo.17060523 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
XXI asr texnologiyalar va intellektual salohiyat asrida insonlarning fikrini o‘rganish bo‘yicha yangi metod – sentiment tahlili paydo bo‘ldi. Tahlil jarayonida ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchi sharhlarining umumiy ohangi — ijobiy, salbiy yoki betaraf kayfiyatini belgilash orqali undagi subyektiv fikr-mulohazalar ochib beriladi. Matnlarni sentiment jihatdan tahlil qilishda faqat ijobiy yoki salbiy so‘zlarni aniqlash yetarli emas. Chunki baholovchi ma’no ko‘pincha kontekst bilan belgilanadi. Ayrim leksik birliklar turli nutqiy vaziyatlarda o‘z qutbini o‘zgartirishi yoki betaraflashishi mumkin. Shu bois, sentiment tahlil jarayonida leksik birliklarning bahosiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish zarur.
sentiment tahlili, ijtimoiy tarmoqlar, foydalanuvchi sharhlari, subyektiv fikrlar, kontekst, baholash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.