Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 87–89-betlar

TURLI TIZIMLI TILLAR PAREMIOLOGIYASIDA “YAXSHILIK” VA “YOMONLIK” KONSEPTLARINING SEMANTIK O‘ZGARISHI

Trapova, Gulira’no

DOI: 10.5281/zenodo.21029319 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda turli tizimli tillarda “yaxshilik” va “yomonlik” konseptlarining semantik o‘zgarishi lingvokognitiv hamda lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillaridagi paremiologik birliklar asosida ushbu konseptlarning tarixiy-madaniy taraqqiyot jarayonida qanday semantik kengayish, torayish va metaforik transformatsiyaga uchragani o‘rganildi. Natijada yaxshilik va yomonlik konseptlari barcha xalqlarda universal axloqiy kategoriya sifatida mavjud bo‘lsa-da, ularning semantik ifodalanishi milliy tafakkur, diniy qarashlar, ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar ta’sirida turlicha shakllanishi aniqlandi.

Konsept, semantik o‘zgarish, paremiologiya, lingvomadaniyat, yaxshilik, yomonlik, metafora, semantik maydon, qiyosiy tilshunoslik, turli tizimli tillar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.