Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 13-son (2026) · 75–82-betlar

NEYTRAL BAHOLI SOʻZLAR VA ULARDA BAHO IJOBIYLASHUVINING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Umarova, Zumradxon

DOI: 10.5281/zenodo.21033742 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Til fikr ifodalashning muhim va qulay vositasi sifatida insonlarga xizmat qilib keladi. Tilshunoslar tilning muloqot vositasi vazifasini bajarishini uning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan omillar bilan bogʻlashadi, ya’ni insonlarning bir-biri bilan soʻzlashish zarurati tilning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan deb hisoblashadi. Tilning paydo boʻlishi haqidagi bir necha nazariyalarning bittasi sifatida ushbu qarash ham tilshunoslik nazariyasida amal qilib keladi. Shu jihatdan olib qaraganda insonlarning fikr ifodalash, bir-biri bilan soʻzlashish istagi qatorida insonlarning bir-biriga oʻz his-tuygʻularini yetkazishi, oʻzining subyektiv munosabatini ifodalashi ham fikr almashish kabi zarurat masalasi sifatida paydo boʻlgan deyish mumkin. Insonlar tirik mavjudot boʻlganlari, atrofida roʻy berayotgan voqea-hodisalardan ta’sirlanganlari sababli ham oʻz his-tuygʻularini kimgadir bildirishi kerak boʻlgan. Ushbu jarayonda esa til orqali subyektiv munosabat, voqelikka neytral, ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalashni oʻrganganlar.

baho kategoriyasi, baho ijobiylashuvi, neytral baho, amelioratsiya, subyektiv munosabat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.