Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 90–91-betlar
OROL FOJEASINING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA IJTIMOIY-EKOLOGIK OQIBATLARI
Ravshanqulov, Firdavs
DOI: 10.5281/zenodo.21054930 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda Orol dengizining qurishi, uning tarixiy sabablari hamda Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston ijtimoiy hayotiga ko‘rsatgan salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Orol muammosi XX asrning ikkinchi yarmida sobiq sovet davrida olib borilgan paxta yakkahokimligi siyosati, Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan rejasiz foydalanish hamda ekologik omillarni yetarli hisobga olmaslik natijasida yuzaga kelgan global ekologik falokat sifatida baholanadi. Tadqiqotda Orol dengizi sathining pasayishi, sho‘rlanish jarayonining kuchayishi, baliqchilik xo‘jaligining inqirozi, aholi salomatligi va turmush tarziga yetgan zararlar yoritiladi. Shuningdek, Orol fojeasi inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanat buzilganda yuzaga keladigan xavfli oqibatlarning tarixiy sabog‘i sifatida talqin qilinadi.
Orol dengizi, ekologik fojea, paxta yakkahokimligi, suv resurslari, Amudaryo, Sirdaryo, Orolbo‘yi, ijtimoiy oqibatlar, ekologik xavfsizlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.