Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 52–55-betlar
INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA O‘QUV-KORREKSION JARAYONNI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI
Abdullayev, Oybek
DOI: 10.5281/zenodo.21103040 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada individual yondashuv asosida o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy texnologiyalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarning yosh, psixofiziologik va individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-korreksion faoliyatni tashkil etishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari yoritilgan. Pedagogik diagnostika, individual rivojlanish trayektoriyasi, raqamli monitoring, adaptiv ta’lim, multisensor yondashuv, psixologik konsultatsiya va fanlararo integratsiyaga asoslangan texnologiyalarning samaradorligi ilmiy manbalar tahlili asosida asoslab berilgan. Shuningdek, pedagog, psixolog, defektolog va ota-onalarning uzviy hamkorligiga asoslangan kompleks qo‘llab-quvvatlash modeli o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi hamda mustaqil hayot kompetensiyalarini shakllantirishning muhim omili ekanligi ko‘rsatib berilgan.
individual yondashuv, o‘quv-korreksion jarayon, pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash, maxsus ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, adaptiv ta’lim, korreksion pedagogika, pedagogik diagnostika, raqamli texnologiyalar, multisensor yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.