Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 23-son (2025) · 41–45-betlar

MINTAQA IQTISODIY BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY O‘ZGARISHLARINING MOHIYATI

Jumaniyazov, Nodirbek

DOI: 10.5281/zenodo.17302429 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda mintaqa iqtisodiy barqarorligini ta’minlash jarayonida sanoat tarkibiy o‘zgarishlarining o‘rni va ularni mohiyatini tushuntiruvchi nazariy qarashlar ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida sanoat tarmoqlari va ularning tarkibiy oʻzgarishlari muhim oʻrin tutadi. Sanoatning iqtisodiyotdagi roli uning nafaqat yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi, balki texnologik yangilanish, eksport salohiyati, innovatsion rivojlanish darajasi va bandlikka qoʻshgan hissasi bilan ham belgilanadi. Tarkibiy oʻzgarishlar – bu iqtisodiy resurslarni past samarali tarmoqlardan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan tarmoqlarga qayta taqsimlash jarayoni boʻlib, zamonaviy industrial siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Xorazm viloyati sanoati anʼanaviy ravishda qishloq xoʻjaligiga tayangan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda sanoat ishlab chiqarishining hajmi va tarmoqlar tarkibida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda. Bu jarayon iqtisodiy modernizatsiya, investitsiyalarni jalb qilish, texnologik yangilanish va davlat tomonidan qabul qilingan sanoat siyosati bilan bevosita bogʻliqdir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.