Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 109–114-betlar
LIRIKADA BADIIY MAKON TALQINI
Sabirova, Zebo
DOI: 10.5281/zenodo.21126123 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Muhammad Yusuf lirikasida badiiy makon va xronotopning poetik funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xronotopning topografik, psixologik, metafizik va mifologik turlari nazariy jihatdan yoritilib, shoir she’riyati misolida ularning badiiy-estetik vazifalari ochib beriladi. Muhammad Yusuf she’rlarida tabiat, vaqt, ijtimoiy muhit va metafizik tasavvurlar lirik qahramonning ichki kechinmalari bilan uyg‘unlashib, psixologik xronotopni yuzaga keltirishi asoslanadi. Shuningdek, antropologik, tabiiy, kosmik, ijtimoiy, tarixiy, mifologik va ekzistensial makon obrazlarining poetik imkoniyatlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shoir ijodida badiiy makon ruhiy holatlarni ifodalovchi semantik maydon sifatida namoyon bo‘lib, inson qalbidagi iztirob, sog‘inch, yolg‘izlik va falsafiy mushohadalarni teran yoritishga xizmat qiladi.
badiiy makon, xronotop, psixologik xronotop, topografik xronotop, metafizik xronotop, lirik qahramon, badiiy psixologizm, poetik tafakkur, antropologik makon, tabiiy makon, kosmik makon, ekzistensial makon, makon obrazlari, Muhammad Yusuf, zamonaviy lirika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.