Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 15-son (2026) · 131–134-betlar

XIX ASR IKKINCHI YARMI — XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA AN’ANAVIY TABOBAT VA YEVROPA TIBBIYOTI O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR

Raxmanova, Nozina

DOI: 10.5281/zenodo.21152106 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida an’anaviy tabobat va Yevropa tibbiyoti o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Unda mahalliy aholining xalq tabobatiga tayanishi, tabiblar, jarrohlar, siniqchilar, doyalar va boshqa xalq davolovchilarining jamiyat hayotidagi o‘rni, shuningdek, Rossiya imperiyasi davrida Yevropa tipidagi tibbiy muassasalar, ambulatoriyalar va sanitariya tadbirlarining shakllanish jarayoni yoritiladi. Shuningdek, yangi tibbiy xizmatning mahalliy aholi orasida sekin tarqalish sabablari, ishonchsizlik, diniy-madaniy qarashlar, tibbiy kadrlar yetishmasligi va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Turkiston, an’anaviy tabobat, Yevropa tibbiyoti, tabib, ambulatoriya, sanitariya, epidemiya, rus tibbiyoti, xalq tabobati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.