Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 7–10-betlar
O'ZBEK XALQI OG'ZAKI IJODIDA ASKIYA VA QIZIQCHILIK SAN'ATINING MILLIY MEROS SIFATIDAGI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kimsanboyeva, Zuhra
DOI: 10.5281/zenodo.21214662 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
ushbu tezisda o'zbek xalqining boy og'zaki ijodi tarkibiga kiruvchi askiya va qiziqchilik san'atining tarixiy shakllanish jarayoni, janr xususiyatlari, ijtimoiy-madaniy vazifasi hamda milliy nomoddiy meros sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada askiyaning UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilishi (2014-yil) bilan bog'liq rasmiy ma'lumotlar, shuningdek o'rta asr manbalarida (Zayniddin Vosifiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xondamir) uchraydigan dastlabki ma'lumotlar asosida mavzu yoritiladi.
askiya, qiziqchilik, og'zaki ijod, nomoddiy madaniy meros, payrov, askiyachi, ustoz-shogird an'anasi, Farg'ona vodiysi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.