Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 54–58-betlar
JINOYAT HUQUQI VA TASODIF OMILI
Gulomov, Abdulaxadxon
DOI: 10.5281/zenodo.21357184 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu annotatsiyada jinoyat huquqidagi eng munozarali masalalardan biri — "zarar yetkazish doktrinasi" va uning jinoiy javobgarlikka ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada subyektiv niyati va jinoiy irodasi bir xil bo‘lgan shaxslarning, faqatgina ularga bog‘liq bo‘lmagan tasodifiy oqibatlar (zararning kelib chiqishi yoki kelib chiqmasligi) tufayli turlicha jazolanishi masalasi ilmiy va falsafiy jihatdan tadqiq etilgan. Jinoyatga suidast qilish va tamomlangan jinoyat uchun jazo choralarining nomutanosibligi xorijiy davlatlar qonunchiligi misolida tanqidiy o‘rganilib, ushbu yondashuvning jinoyatchilikning oldini olish maqsadlariga hamda axloqiy prinsiplarga muvofiqligi shubha ostiga olingan.
jinoyat huquqi, zarar yetkazish doktrinasi, tasodif omili, jinoyatga suidast qilish, jinoiy javobgarlik, jazo adolati, subyektiv tomon, oqibat, qiyosiy huquqshunoslik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.