Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 75–76-betlar
TILSHUNOSLIKDA FUTBOL MUHLISLARI NUTQINING TADQIQI VA TALQINI
Xasanov, Zafar
DOI: 10.5281/zenodo.21425439 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Futbol muxlislari nutqining lingvosemiotik xarakteristikalarini o‘rganishda O.A. Pankratovaning yondashuvini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, zero uning dissertatsiyasida ishlab chiqilgan “diskurs-tahlil usuli ta’sir ko‘rsatish niyatlarini bosqichma-bosqich aniqlash va bu niyatlarning verbal vositalarini eksplitsitsiya qilish uchun” qo‘llanilgan. Futbol muxlislari nutqida ham shunga o‘xshash ta’sir ko‘rsatish strategiyalari mavjud, ammo ular ko‘proq guruhiy identifikatsiya va emotsional ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan. Mazkur strategiyalar aynan stadion va onlayn muhitlarda muxlislar jamiyatining koheziyasini ta’minlovchi muhim vosita vazifasini bajaradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.