Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 77–78-betlar
BRAYL SISTEMASIDAGI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH
Juraqulova, Sharofat
DOI: 10.5281/zenodo.21425697 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada ko‘rish qobiliyati cheklangan va Brayl tizimida ta’lim oluvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari va dolzarb muammolari tadqiq etiladi. Maxsus ta’limda inklyuzivlikni ta’minlash, bolalarning taktil (ushlab ko‘rish) va auditor (eshitish) sezgilarini faollashtirish orqali tabiiy tushunchalarni shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada Brayl savodxonligiga asoslangan darslarda integratsiyalashgan yondashuv va keys-stadi elementlarini qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari surilgan.
Brayl tizimi, ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar, boshlang‘ich sinflar, tabiiy fanlar, interfaol uslublar, taktil idrok, maxsus pedagogika, integratsiyalashgan ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.