Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 79–85-betlar

BANKLARDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA'MINLASHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

Ergasheva, Dilnoza

DOI: 10.5281/zenodo.21428408 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi bank tizimining iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim o‘rni, global moliyaviy bozorlar beqarorligi hamda xalqaro bank nazorati standartlarini milliy amaliyotga joriy etish zarurati bilan asoslanadi. Tadqiqotda statistik, qiyosiy, tahliliy va iqtisodiy-mantiqiy usullardan foydalanilib, O‘zbekiston bank sektorining 2022–2024-yillardagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, aktivlar hajmi, kapital yetarliligi, kapital rentabelligi (ROE), likvidlilik darajasi hamda muammoli kreditlar (NPL) ulushi tahlil qilindi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan makroprudensial siyosat choralari va Bazel III standartlarining banklar moliyaviy barqarorligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari bank tizimi barqarorligini ta’minlashda kapital bazasini mustahkamlash, risklarni samarali boshqarish, raqamli bank xizmatlarini kengaytirish hamda kiberxavfsizlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida banklar moliyaviy barqarorligini oshirish va iqtisodiyotning real sektorini samarali moliyalashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

moliyaviy barqarorlik, tijorat banklari, kapital yetarliligi, likvidlilik, Bazel III, muammoli kreditlar (NPL), makroprudensial siyosat, Markaziy bank, bank risklari, kiberxavfsizlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.