Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 16-son (2026) · 103–110-betlar

O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR O‘RTASIDA HARBIY XIZMAT NUFUZINI OSHIRISH VA FUQARO FAOLLIK DARAJASINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI

Mamajonov, Ibrohim

DOI: 10.5281/zenodo.21503262 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar o‘rtasida harbiy xizmat nufuzini oshirish va ularning fuqarolik faolligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari tahlil qilingan. Raqamlashtirish davrida an’anaviy targ‘ibot usullaridan bosqichma-bosqich voz kechib, armiya qiyofasini intellektuallashtirish, yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli mudofaa sohalariga jalb etish zarurati ilmiy asoslangan. Shuningdek, harbiy xizmat yoshlarda qat'iy intizom, strategik tafakkur hamda yot g'oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantiruvchi oliy sotsializatsiya maktabi ekanligi yoritilib, harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini rag‘batlantirish mexanizmlari ilgari surilgan.

harbiy xizmat nufuzi, yoshlar, fuqarolik faolligi, ijtimoiy falsafa, sotsializatsiya, intellektual vatanparvarlik, mafkuraviy immunitet, milliy xavfsizlik, raqamli mudofaa.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.