Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 17-son (2026) · 8–10-betlar
“SUD-EKSPERTLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNIDAGI ASOSIY YANGILIKLAR HAMDA ULARNI SOHANI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Bazorov, Mirkomil
DOI: 10.5281/zenodo.21699322 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada sud-ekspertlik faoliyatining huquqiy tabiati va jinoyat protsessidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyunda qabul qilingan “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida sud ekspertining huquqiy maqomi, uning huquq va majburiyatlari, mustaqilligi, xolisligi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari, davlat va nodavlat ekspertlik institutlari hamda ekspertiza bilan bog‘liq protsessual xarajatlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi yoritilgan. Maqolada milliy qonunchilik normalari qiyosiy-huquqiy va tizimli tahlil asosida baholanib, amaldagi tartibni takomillashtirishga qaratilgan nazariy xulosalar va amaliy takliflar ilgari surilgan.
Sud-ekspertlik faoliyati, sud eksperti, ekspert xulosasi, jinoyat protsessi, nodavlat ekspertiza, akkreditatsiya, validatsiya, davlat reyestri, manfaatlar to‘qnashuvi, protsessual xarajatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.