Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 17-son (2026) · 59–65-betlar

DAVLAT VORISLIGIDA QARZLAR VA SHARTNOMALAR BO‘YICHA ADOLAT ME’YORLARI

Sherqo‘ziyev, Xolmuhammad

DOI: 10.5281/zenodo.21700218 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat vorisligida davlat qarzlari va xalqaro shartnomalar bo‘yicha huquq hamda majburiyatlarning o‘tishida adolat me’yorlarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi davlat vorisligi jarayonida qarzlar va shartnomalar taqsimotiga nisbatan qo‘llaniladigan xalqaro-huquqiy yondashuvlarni aniqlash hamda adolat tamoyilining amaliy ahamiyatini baholashdan iborat. Tadqiqotda formal-yuridik, qiyosiy-huquqiy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, davlat qarzlari va shartnomalar bo‘yicha huquq hamda majburiyatlarning taqsimlanishida adolat, mutanosiblik, halollik (good faith) va davlatlar o‘rtasidagi kelishuv xalqaro amaliyotning asosiy mezonlari hisoblanadi. Xulosa qilinishicha, adolat tamoyiliga asoslangan yondashuv davlat vorisligi bilan bog‘liq nizolarni samarali hal etish, xalqaro huquqning barqarorligini ta’minlash hamda davlatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

davlat vorisligi, davlat qarzlari, xalqaro shartnomalar, adolat tamoyili, 1978-yilgi Vena konvensiyasi, 1983-yilgi Vena konvensiyasi, xalqaro huquq.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.