Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 17-son (2026) · 74–79-betlar
SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHDA AKADEMIK HALOLLIK VA REFLEKSIV TAFAKKUR UYG‘UNLIGI
Najimidinova, Dilnoza
DOI: 10.5281/zenodo.21734152 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning axloqiy-pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta'lim jarayoniga avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, shaxsiylashtirilgan o'quv dasturlari va generativ til modellari (ChatGPT, Claude, Gemini kabi) faol kirib kelmoqda, biroq bu jarayon akademik halollik, ta'lim maqsadlari va talabaning mustaqil fikrlash mas'uliyati bo'yicha yangi muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi — SIdan foydalanishning axloqiy mezonlarini belgilash, akademik halollik talablarini SI sharoitida qayta ko'rib chiqish hamda talabalarda refleksiv tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Muallif shaffoflik, mas'uliyatlilik, adolat va teng imkoniyat, maxfiylik hamda intellektual mulk huquqlarini SIdan foydalanishning asosiy axloqiy tamoyillari sifatida ko'rsatadi. Maqolada SI davrida plagiat tushunchasining o'zgarishi alohida ta'kidlanadi: generativ modellar tomonidan yaratilgan har bir matn o'ziga xos bo'lgani sababli, an'anaviy antiplagiat vositalari bunday kontentni har doim ham aniqlay olmaydi.
sun'iy intellekt, ta'lim, akademik halollik, refleksiv tafakkur, plagiat, generativ modellar, shaffoflik, mas'uliyatlilik, kognitiv dangasalik, metakognitiv kompetensiya, intellektual mulk huquqi, baholash tizimi, tanqidiy fikrlash, ta'lim siyosati, algoritmik tarafkashlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.