Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 17-son (2026) · 164–166-betlar

ISAJON SULTON VA NAZAR ESHONQUL ASARLARIDA “KICHIK” ODAM OBRAZI

Tursinova, Nodira

DOI: 10.5281/zenodo.21834312 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy o‘zbek nasrida inson shaxsini badiiy tadqiq etish, uning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari va hayotiy muammolarini tasvirlash muhim estetik tamoyillardan biriga aylandi. Ayniqsa, istiqlol davri adabiyotida oddiy inson taqdiri, uning jamiyatdagi o‘rni, ma’naviy izlanishlari va ruhiy ziddiyatlari keng yoritila boshladi. Shu jarayonda “kichik” odam obrazi ham yangicha mazmun kasb etib, faqatgina ijtimoiy mavqei past bo‘lgan inson timsoli sifatida emas, balki murakkab ruhiy olamga ega, o‘z hayoti va taqdiri haqida fikrlovchi shaxs sifatida namoyon bo‘ldi. Zamonaviy o‘zbek nasrining yirik vakillari Isajon Sulton va Nazar Eshonqul ijodida mazkur obraz o‘ziga xos badiiy talqin etilib, inson mohiyatini anglashning muhim vositasiga aylandi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.