Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 18-son (2026) · 51–56-betlar

FONDLAR MULKINI BOSHQARISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY MUAMMOLARI

Zulunov, Maxsudbek

DOI: 10.5281/zenodo.21882344 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida jamoat va xayriya fondlari mulkini boshqarish tizimidagi fuqarolik-huquqiy muammolar tahlil qilinadi. Fond boshqaruv organlarining huquqiy maqomi, taʼsischining boshqaruvdagi roli va uning chegaralari, mulkka egalik hamda tasarruf qilish vakolatlarining taqsimlanishi, nazorat-hisobdorlik mexanizmlaridagi boʻshliqlar hamda boshqaruv aʼzolarining javobgarligi masalalari koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda Turkiya Respublikasining vaqf-fond huquqi tajribasi qiyosiy material sifatida jalb etilib, shu asosda amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqiladi.

fond, fond mulki, boshqaruv organi, taʼsischi, kengash, ishonchli boshqaruv, fidutsiar javobgarlik, ichki nazorat, shaffoflik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.