Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 2-son (2026) · 41–44-betlar
MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARIDA KASBIY KUYISH SABABLARI VA OQIBATLARI
Yusupova, Vasila
DOI: 10.5281/zenodo.18311698 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar orasida keng tarqalgan kasbiy kuyish (professional burnout) muammosi keng qamrovda tahlil qilinadi. Kasbiy kuyishning psixologik mohiyati, kelib chiqish omillari, bosqichlari, belgilari hamda uning tarbiyachi shaxsiy rivoji va ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, muammoning ijtimoiy-pedagogik oqibatlari va profilaktika choralari haqida ham batafsil ma’lumot beriladi.
kasbiy kuyish, emotsional charchoq, stress, tarbiyachi, maktabgacha ta’lim, psixologik zo‘riqish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.