Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 18-son (2026) · 82–85-betlar

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK LOYIHALARIDA DAVLAT VA INVESTOR O‘RTASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xamroyeva, Komila

DOI: 10.5281/zenodo.21919212 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bozor iqtisodiyoti sharoitida infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, davlat budjeti va boshqa davlat resurslarining cheklanganligi sharoitida xususiy sektor kapitali, ilg‘or texnologiyalari va boshqaruv tajribasini jalb etish infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 800 milliondan ortiq inson elektr energiyasidan, 2,2 milliarddan ortiq inson esa toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatidan mahrum. Mazkur holat davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, xususiy investitsiyalarni ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarga keng jalb etish zaruratini yanada kuchaytirmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.