Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 18-son (2026) · 91–95-betlar
TURKISTON MINTAQASIDA SOVET HOKIMIYATI OLIB BORGAN IQTISODIY SIYOSATNING OQIBATLARI
Jo‘rayev, Jaloliddin
DOI: 10.5281/zenodo.21935210 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda 1917–1924-yillarda Turkiston mintaqasida sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet hokimiyatining “harbiy kommunizm”, oziq-ovqat razvyorstkasi, majburiy mahsulot topshirish, xususiy savdoni cheklash, sanoat va transport korxonalarini davlat tasarrufiga o‘tkazish, yer-suv munosabatlarini qayta tashkil etish hamda paxtachilikni markaz manfaatlariga bo‘ysundirish siyosatining Turkiston aholisi hayotiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek va xorijiy tarixchilarning mazkur jarayonlarga bergan baholari qiyosiy tahlil qilinadi.
Turkiston, sovet hokimiyati, iqtisodiy siyosat, harbiy kommunizm, oziq-ovqat razvyorstkasi, paxtachilik, sanoatlashtirish, yer-suv munosabatlari, iqtisodiy oqibatlar, Turkiston ASSR.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.