Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 18-son (2026) · 135–137-betlar
JASMIN DARZNIKNING “QAFASDAGI QUSH NIDOSI” ROMANIDA EPILOG POETIKASI: METAPROZAVIY USULNING BADIIY-FALSAFIY TALQINI
Aminova, Nilufar
DOI: 10.5281/zenodo.21988530 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Jasmin Darznikning "Qafasdagi qush nidosi" romani epilogining metaprozaviy poetikasi tahlil qilinadi. Vafot etgan bosh qahramon Forug‘ Farrohzodga narrativ ovoz berilishi orqali fakt va badiiy to‘qima chegaralarining nisbiylashuvi, muallif epilogni to‘rt semantik qatlam — ijod mohiyati, she’riy merosning o‘limdan keyingi taqdiri, matbuot yaratgan obrazning qayta izohlanishi va milliy tarix bilan bog‘lanish — asosida yoritadi. Tadqiqot epilogni romanning yakuniy qismi emas, balki Sharq ayoli ovozining sukutdan so‘zga o‘tishini ifodalovchi g‘oyaviy-poetik markaz sifatida talqin qiladi.
Metaproza, postmodernistik poetika, epilog, narrativ subyekt, biofiksiya (biofiction), Forug‘ Farrohzod, jamoatchilik xotirasi, ovoz va sukut, tarixiy-badiiy sintez, ayol ijodkor obrazi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.