Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 18-son (2026) · 157–160-betlar

OʻZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINING MILLIY RIVOJLANISH STRATEGIYALARI KONTEKSTIDA HOZIRGI HOLATI VA IJTIMOIY-MADANIY TRANSFORMATSIYA TENDENSIYALARI

Mardiyeva, Malika

DOI: 10.70413/zdif-v05-i18-p1-032 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

XXI asrga kelib gender tengligi masalasi Oʻzbekiston davlat siyosatining strategik yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Soʻnggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik, milliy taraqqiyot strategiyalari va tegishli davlat dasturlari gender siyosatining institutsional asosini sezilarli darajada mustahkamladi. Biroq institutsional-huquqiy islohotlarning jadal surʼatda amalga oshirilishiga qaramay, jamiyat ongida, oila institutida va kundalik ijtimoiy amaliyotlarda saqlanib qolayotgan anʼanaviy qarashlar gender tengligiga real erishish jarayonini murakkablashtirmoqda. Ushbu nomutanosiblik — institutsional modernizatsiya bilan ijtimoiy-madaniy transformatsiya surʼatlari oʻrtasidagi farq — tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.