Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 3-son (2026) · 61–74-betlar
AVTOTRANSPORT VOSITALARIDAN FOYDALANISH XIZMATINI BAHOLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Norqobilov, Jahongir
DOI: 10.70413/zdif-v05-i03-p1-006 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada avtotransport vositalaridan foydalanish xizmatini baholashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda baholash, qiymat va samaradorlik kategoriyalarining iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Avtotransport vositalaridan foydalanish xizmatini baholashda an’anaviy yondashuvlarning imkoniyatlari va cheklovlari aniqlanib, texnik holat, ekspluatatsion ko‘rsatkichlar, iqtisodiy natijadorlik va tashqi muhit omillarini kompleks hisobga olish zarurligi asoslangan. Tizimli, qiyosiy, iqtisodiy-statistik va umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida baholash jarayonini alohida qiymat ko‘rsatkichlari bilan cheklamasdan, o‘zaro bog‘liq omillar majmuasi asosida tashkil etishga qaratilgan metodologik yondashuv taklif etilgan. Ushbu yondashuv baholash natijalarining xolisligi va amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, taklif etilgan yondashuv transport xizmatlarini boshqarish qarorlarini asoslash, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda baholash tizimining zamonaviy talablar asosidagi rivojlanishiga metodik zamin yaratadi, uning amaliy samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
avtotransport vositalari, foydalanish xizmati, iqtisodiy baholash, baholash metodologiyasi, kompleks yondashuv, texnik holat, ekspluatatsion ko‘rsatkichlar, iqtisodiy samaradorlik, baholash mezonlari, integrallashgan baholash tizimi, transport xizmatlari, boshqaruv qarorlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.