Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 18-son (2026) · 179–182-betlar

J. K. ROULINGNING “HARRY POTTER AND THE PHILOSOPHER’S STONE” ROMANIDA IRONIYANING TARJIMADA QAYTA YARATILISH XUSUSIYATLARI

Fayziyev, Baxodir

DOI: 10.70413/zdif-v5-i18-56384 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda J. K. Roulingning Harry Potter and the Philosopher’s Stone romanidagi ironiyaning rus va o‘zbek tillariga tarjimada qayta yaratilish xususiyatlari tadqiq etiladi. Inglizcha original, M. Spivakning ruscha tarjimasi hamda Sh. Dolimovning o‘zbekcha tarjimasi qiyosiy tahlil qilinadi. O‘zbekcha matn ruscha vositachi tarjima asosida yaratilgani sababli ironik birliklarning inglizcha → ruscha → o‘zbekcha tarjima zanjiridagi transformatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlil natijasida ironiyaning bevosita saqlanishi, ekspressiv kuchayishi, madaniy-pragmatik almashtirilishi, eksplitsitatsiyasi va referensial o‘zgarish bilan funksional saqlanishi kabi holatlar kuzatiladi. Ironiyani tarjima qilishda alohida so‘zning muqobilligidan ko‘ra kontekstual ziddiyat, roviy pozitsiyasi, baholash va komik nomuvofiqlikni saqlash muhimligi asoslanadi.

ironiya, badiiy tarjima, bilvosita tarjima, stilistik transformatsiya, pragmatik ma’no, roviy pozitsiyasi, Harry Potter, ruscha tarjima, o‘zbekcha tarjima.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.